Tavsifi
Fungitsidli germetik namligi yuqori joylarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ogohlantirish: Har doim mahsulot yorlig'idagi ma'lumotlarga amal qiling.
Afzalliklari
Tarkibidagi zamburug‘ga qarshi qo‘shimchalar mogʻor paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi
Aksariyat tozalash va yuvish vositalariga nisbatan chidamli
Uzoqqa chidamli, vaqt oʻtgan sari rangini oʻzgartirmaydigan chok hosil qiladi
-20°C haroratda 2 haftagacha saqlash mumkin
1 davra muzlashga chidab beradi
Qoʻllanish sohasi
Vannalar, rakovinalar, dush kabinalari va hovuzlar atrofidagi birikish choklarini zichlash
Kanalizatsiya va suv ta’minoti tizimlarini, PVXdan ishlangan quvur va birikmalarni germetizatsiyalash, plitalar orasidagi choklarni toʻldirish
Konteynerlarni, sovutqichlarni germetizatsiyalash
Texnik parametrlari
Asos:
kislotali qotish sistemasiga asoslangan silikonli polimer
Parda hosil boʻlish vaqti:
+23°C harorat va 50% nisbiy namlikda 5–45 daqiqa
Qotish vaqti:
+23°C harorat va 50% nisbiy namlikda 2 mm/sutka
100% li uzayish moduli:
0,25 ± 0,05 MPa
Qoʻllash harorati:
+0°C ÷ +40°С
Shor bo‘yicha qattiqligi:
A 12 ± 2
Termobardoshliligi:
-40°С ÷ +100°С
Rangi:
shaffof, oq
Yaroqlilik muddati:
18 oy
Logistika
MAHSULOT NOMI Tegishli mahsulot variantlariga tayinlangan noyob kod, ularning sig'imi, o'lchami va ranglarini ko'rsatadi. | Hajmi | Idishi | Qutidagi soni | Palletdagi soni |
---|---|---|---|---|
SILIKONLI SANITAR GERMETIK | 80 ml | tyubik | 10 ta | 2050 ta |
SILIKONLI SANITAR GERMETIK | 280 ml | kartrij | 12 ta | 1440 ta |
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Saytda ma'lumotlarni topa olmadingizmi, ko'proq narsani bilmoqchimisiz?
Bizga so'rovingizni yuboring va mutaxassisimiz siz bilan aloqaga chiqib, javob beradi.