“60 Second” koʻpik-yelimi EPS plitalarini vertikal oʻrnatish yoki beton bloklarni qotirib qoyish ishlarini atigi 60 soniyada bajarishga yordam beradi! Bundan tashqari, OSB plitalari, devor qoplama panellari, derazatokchalar yoki plintuslarni yopishtirish uchun juda qoʻl keladi. Bu shunday yelimki, u juda tez va ishonchli tutib qoladi va natijada ta’mirlash va ichki pardoz ishlarini sezilarli darajada osonlashtirib beradi. Ushbu yopishqoq koʻpikning afzalliklari haqida koʻproq bilib oling.
Turli materiallar va to’qimalar uchun universal yopishtiruvchi qidiryapsizmi? Tytandan yopishtiruvchi ko’pikni kashf eting.
Turli materiallar va teksturalar uchun universal yelim qidiryapsizmi? “Tytan”ning yopishqoq koʻpigini oʻzingiz uchun kashf eting.
The adhesive foam for bricklaying, drywall cladding, and much more
Ta’mirlash ishlari davomida yoki ichki pardozlash ishlarini bajarish vaqtida har bir daqiqa loyiha egasi va pudratchi uchun juda muhim. Tez va unumli ishlash uchun nafaqat tajriba, balki ishonchli mahsulotlar ham kerak. Agar yuqori sifatli materiallar boʻlmasa, eng yaxshi mutaxassis ham yaxshi samara bilan ishlay olmaydi.
“Tytan Professional FAST & PRO” mahsulotlari koʻp yillardan beri pudratchilar ishonchini qozonib kelmoqda. Ishlab chiqarish jarayoni doimiy ravishda takomillashtirib boriladi, shu bois koʻpiklar, yelimlar va boshqa mahsulotlar sertifikatlar bilan (masalan, ITB-BRI sertifikatlari bilan) tasdiqlangan eng yuqori standartlarga javob berishi ajablanarli hol emas. Brendning asosiy mahsulotlaridan biri bu tez qotadigan “60 Second” koʻpik-yelimi boʻlib, u xonadon va uylarni qurish, ta’mirlash yoki yuzaki pardozlashda juda muhim oʻrin tutadi. Ushbu universal yelim formulasi montajchi chilangarlar va turli-tuman kasb ustalarining ishini sezilarli darajada tezlashtiradi va natijada ularning ishini yanada unumliroq va qulayroq qiladi.
Gʻisht terish, gipsokarton bilan qoplash va boshqa ishlar uchun yopishqoq koʻpik
“60 SECOND” koʻpik-yelimi alohida qurilish materiallari uchun alohida yelim formulasini sotib olish zaruratidan xalos etadi. Endi siz har gal muayyan bir material uchun mos alohida bir yelim formulasini tanlab olishingiz, boshqacha material olganingizda esa, unga mos kelmasdan ishlatilmay qolgan avvalgi yelim qoldigʻini utilizatsiya qilishingiz shart emas. “60 SECOND” koʻpik-yelimi faqatgina EPS plitalari yoki betonni yopishtirish uchun emas, balki OSB, gʻisht, pardozlovchi qoplama panellar yoki boshqa materiallarni ham qotirib oʻrnatish uchun samarali bogʻlovchi modda hisoblanadi.
Yelim turli xil termoizolyatsion materiallar, metall, yogʻoch, PUR-plitalar va fittinglar bilan ishlashga juda mos. Ushbu yelim keng koʻlamli ta’mirlash loyihalari uchun ham, kundalik ta’mirlash ishlari uchun ham oʻta zarur vosita hisoblanadi. Ushbu mahsulot turli xil materiallardan (yogʻoch, temir tunuka yoki sun’iy toshdan) yasalgan derazatokchalarni va plintuslarni mahkam bogʻlashi mumkin. Mazkur yopishqoq koʻpik uyingizni ta’mirlash rejasini tuzayotganingizda siz uchun ideal tanlovdir. Ushbu yelim pardevorlarni (ular xoh OSBdan ishlangan karkas devorlar boʻlsin, xoh silikatli bloklardan yasalgan devorlar boʻlsin) tez va yuqori unum bilan oʻrnatish hamda devor va pollarni siz istagan pardozlash materiallari bilan qoplash imkonini beradi.
“60 Second” koʻpik-yelimi – ishlatish uchun juda qulay
“60 SECOND” koʻpik-yelimi bir lahzada foydalanishga tayyor mahsulot: ballonni taxminan yarim daqiqa chayqatsangiz yetarli, mahsulot ishlatishga tayyor holga keladi – quruq qorishma qoplalarini tashish yoki aralashtirish jarayonida ajraladigan kir va chaglardan ozorlanish, yoxud ishlatilgan mahsulotdan qolgan koʻplab idishlarning toʻplanib qolish zaruratidan xalos boʻlasiz. Siqilgan koʻpik formulasi qoʻllash unumdorligini ancha yaxshilaydi. “60 Second” koʻpik-yelimining bitta balloni taxminan 25 kg ogʻirlikka ega quruq yelim qorishmasining oʻrnini bosadi.
Ballonlardagi yopishqoq koʻpik ta’mirlash vaqtida montaj ishlarini har qachongidan ham osonlashtiradi.
Zamonaviy formulasi tufayli yelim qorishmasining tarkibiy qismlarini aralashtirish yoki ishdan keyin asboblarni tozalashga hech qanday hojat yoʻq. Yelimlash ishlari uchun suv yoki elektr ta’minoti talab qilinmaydi, bu, ayniqsa, oʻsha kommunal xizmat tarmoqlari ulanmagan joylarda qurilish ishlarini bajarish uchun juda qulaydir.
Nima uchun ushbu koʻpik-yelimni sotib olisingiz kerak?
- Qoʻllash qulay
Ballon-kartridjdan yelim chiqarishning konsentratsiyalangan formulasi ishlov berish yuzasining turi yoki oʻlchamidan qat’i nazar, yelimni yuzaga sharchalar koʻrinishida aniq berish imkonini yaratadi. Qulay toʻpponcha-aplikator yelimni kichik tomchi koʻrinishida ham, uzun sharsimon chiziq shaklida ham osonlik bilan chiqarib berishga yordam beradi. Bu esa, oʻz navbatida, nafaqat yengil qismlarning mahkam va uzoq muddatli bogʻlanishini anglatadi. Yopishqoq koʻpikning 2-3 sm kenglikdagi sharsimon chizigʻi gʻovak-gʻovak beton blokni siz tanlagan joyda ishonchli tutib turishi mumkin. - Vaqtni tejaydi
“60 Second” koʻpik-yelimi qutidan olinishi bilan foydalanishga tayyor (bu degan soʻz, ishlov berishdan oldingi tayyorgarlik ishlari uchun vaqt talab etilmaydi) va bir zumda boshlangʻich tutib qolishni ta’minlaydi. Yengil jismlar 60 soniyadan keyin bir-biriga yopishib qoladi, ogʻirroq elementlarga esa mahkam yopishib qolishi uchun atigi ikki daqiqa kerak boʻladi, xolos. Yopishqoq koʻpik uch daqiqadan soʻng to’liq qotadi – shu orada siz hali ham qattiq bogʻlanib ulgurmagan jismlarni qayta toʻgʻrilab olishingiz mumkin. Ikki soatdan keyin yelim toʻliq bogʻlanish kuchiga erishadi va oʻzaro birlashtirilgan yuzalar umrbod bir-biriga mahkam bogʻlanib qoladi. - Yopishgandan keyin tutib qolishi barqaror
Yopishqoq koʻpikning kengayish darajasining pastligi yopishish chokida asosning deformatsiyalanish xavfini tugʻdirmaydi. Yelimning yopishqoqligi ishonchli, xavfsiz va uzoqqa chidamlidir. - Bogʻlanish kuchi yuqori
Mahsulot juda kuchli bogʻlanishni hosil qiladi. “60 Second” koʻpik-yelimi betonni 500 kg/dm² gacha boʻlgan kuch bilan yopishtirishi mumkin! - Ishlov berish haroratga bogʻliq emas
“60 Second” koʻpik-yelimini qoʻllashda ob-havo tomonidan deyarli hech qanday cheklov yoʻq. Yelimning maxsus formulasi uni haroratning har qachongidan ham kengroq daipazonida ishlatishga imkon beradi: 0°C dan +30°C gacha. Havo harorati sovuq boʻladimi yo issiq boʻladimi, pardozlash materiallarini qotirish endi mushkulot emas. - Pulni tejaydi
“60 Second” koʻpik-yelimining bitta balloni 40 kvadrat metrgacha boʻlgan maydonni yopishtirib chiqish uchun yetarli. Bunday yuqori chiqish hajmi yopishtiruvchi materiallar uchun ajratiladigan byudjetni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. - Turli xil materiallarni yelimlaydi
Alohida bir material yoki tekstura uchun alohida yelim formulasini sotib olishga hojat yoʻq. «60 Second» koʻpik-yelimi universal yechim boʻlib, eng mashhur qurilish va ta’mirlash materiallarining ishonchli yopishib, mahkam bogʻlanishini ta’minlaydi.