Gipsokarton panellarini yelim yordamida bir kun ichida yopishtirish va oʻrnatish. Uzoqqa chidamli binolar qurish uchun moʻljallangan zamonaviy texnologiyalar.
9
daqiqalar
01/02/2022
Tarqating:
Drywall panellarini tez va ishonchli tarzda yopishtirishingiz kerakmi? Tytan Professional brendining eng so’nggi versiyasini kashf eting: DRYWALL SYSTEM.
Gipsokarton panellarini tez va ishonchli tarzda yopishtirishingiz kerakmi? U holda “Tytan Professional” brendining soʻnggi mahsulotini oʻzingiz uchun kashf qiling: “DRYWALL SYSTEM”.
“Tytan Professional” gipsokarton yordamida bo‘limlarga ajratish sohasi uchun mutlaqo yangi tizimni joriy qilmoqda. “DRYWALL SYSTEM” – bu har bir pudratchining ishini o‘zgartirib yuboradigan oson va aniq yechim bo‘lib, devorlarni gipsokarton panellari bilan tez, oson va aniq tekislash imkonini beradi. Qurilish jarayonini yakunlash uchun 4 ta oddiy qadam kifoya qiladi va buni atigi 1 kun ichida bajarish mumkin!
“Tytan Professional” brendi uy-joy qurilishidagi pardozlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi har qanday professionalga juda yaxshi tanish. Uning ko‘pik, akril, yelim va qurilish qorishmalari hamda ta’mirlash va yangidan qurish loyihalari uchun zaruriy bo‘lgan boshqa mahsulotlari borgan sari quruvchi pudratchilarning e’tibori va ishonchini qozonib bormoqda. Shubhasiz, “Tytan Professional” bu yuqori sifatli materiallar hamda ishlarni tez va unumli bajarish kafolatidir. Doimiy sinovlar va ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirib borish orqali “Tytan Professional” yechimlari qatori endi eng so‘nggi yangilik bilan boyidi: bu “DRYWALL SYSTEM” – gipsokarton panellarini o‘rnatish uchun mukammal yechim va bu yechim maxsus va bozorda keng ommalashgan noyob o‘rnatish moslamalari bilan takomillashtirilgan. Bu gipsokartonli pardevorlar industriyasida haqiqiy, inqilobiy innovatsiya bo‘lib, yopishtirilgan gipsokarton panellarini bir zumda va mukammal tekislash imkoniyatini beradi.
Gipsokarton panellarini vertikal oʻrnatish: bu ishni tez va mahkam bajarish
“Tytan Professional” tomonidan taqdim etilgan “DRYWALL SYSTEM” gipsokarton panellarini oʻrnatish bilan bogʻliq murakkab vazifalarni hal qilish borasida bozorga chiqarilgan shu turdagi ilk yechimdir. Gipsokartonni vertikal oʻrnatish odatda ichki pardozlash ishlarining juda koʻp mehnat talab qiladigan bosqichi boʻlib, uzoq vaqt davomidagi tayyorgarlikni (suvoq yelimini toʻgʻri aralashtirish va suyultirish uchun), bir necha nafar ishchining oʻzaro muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarini (gipsokarton panellarini tik holatga keltirish uchun) va koʻpincha koʻplab toʻgʻrilashlarni (gipsokarton panellarining oʻziga xos notekisliklari, birikmalardagi yoriqlar yoki ulanish joylaridagi buzilishlar natijasida yuzaga kelgan) talab qiladi. “Tytan Professional “DRYWALL SYSTEM” mazkur qiyinchililarni bartaraf etadi va bu bilan sizga gipsokarton yordamida makonni boʻlimlarga ajratishga qaratilgan har bir loyihani boshidan oxirigacha, ya’ni yelim bilan yopishtirishdan tekislash va pardozlashgacha boʻlgan barcha ishlarni toʻliq bajarish imkonini beradi.
Bosib chiqaring
“DRYWALL SYSTEM” quyidagi mahsulotlarni oʻz ichiga oladi:
Gipsokarton uchun koʻpik-yelim
Gipsokartonni oʻrnatish va toʻgʻrilash moslamalari toʻplami
Gipsokarton choklarini toʻldiruvchi qorishma
“Drywall” akrilli qorishmasi
Gipsokarton panellarini vertikal oʻrnatish uchun yelimni tanlash
Keng qamrovli “DRYWALL SYSTEM” toza va samarali ishlov berishni kafolatlaydi. 2019-yilda taqdim etilgan gipsokarton uchun “Tytan Professional” koʻpik-yelimining innovatsion formulasi gipsokarton panellarini yelim bilan yopishtirish jarayonini yanada osonlashtirdi va hayratlanarli darajada tezlashtirdi. Foydalanishga tayyor koʻpik-yelim ishlatishga qulay shunday ballonlarda sotiladiki, ular bilan ishlash odatdagi yelim kukuni solingan katta-katta hajmli qoplar bilan ishlashga qaraganda ancha qulay. Bundan tashqari, ushbu mahsulot ancha katta chiqish hajmini ta’minlab beradi: “Tytan Professional” koʻpik-yelimining 1 dona balloni (1 kg) 10 m2 gipsokartonni vertikal oʻrnatish uchun yetarli, aksincha esa, huddi shunday maydonga ega gipsokartonga 40 kg odatdagi quruq yelim qorishmasi va 20 litr suv sarflanadi.
“Tytan Professional” koʻpik-yelimi qurilish maydonchasiga kelib tushishi bilan foydalanishga tayyor boʻladi – u suv bilan aralashtirishga ketadigan kuch-quvvatni talab qilmaydi, bu esa gipsokarton panellarini oʻrnatish uchun dastlabki ishlov berish vaqtini keskin qisqartiradi va ish maydonchasida muhandislik (elektr va suv ta’minoti) tarmoqlari boʻlmasa ham ishni bemalol bajarish imkonini beradi.
Yelim bilan yopishtirish “DRYWALL SYSTEM” ishlov berish jarayonining toʻrt bosqichidan birinchisidir. Qoʻllangandan soʻng atigi 30 daqiqa oʻtib, koʻpik-yelim tezda qattiq tutib qoladi va buning natijasida keyingi pardozlash ishlari va undan keyingi ishlov berish ishlari ancha osonlashadi. Ikki soatdan keyin (bu muddat atrof-muhit va havo namligiga qarab farq qilishi mumkin) koʻpik-yelim toʻliq qotadi va pardozlash ishlari toʻliq yakuniga yetadi. Hammaga juda yaxshi ma’lumki, odatiy gipsokarton yelimlarining qotishiga 2–4 kun vaqt ketadi! “DRYWALL SYSTEM”ning vaqt tejamkorligi an’anaviy yechimlarga qaraganda gʻoyatda hayratlanarlidir. Koʻpik-yelim, shuningdek, panellarni talab darajasida tekislash va toʻgʻrilash imkonini beradi: maxsus ishlab chiqilgan formula koʻpik-yelim qoʻllanganidan keyin 3 daqiqa ichida har bir panelni istalgan yoʻnalishda 2 sm ga osongina siljitishga yordam beradi.
Gipsokarton panellarini vertikal oʻrnatish: mukammal tekislik va sathga erishish
Jarayonning ikkinchi bosqichi uchun “DRYWALL SYSTEM” bozordagi eng birinchi Gipsokartonni oʻrnatish va toʻgʻrilash moslamalari toʻplamini taqdim etadi. Ushbu toʻplam makonni gipsokarton yordamida boʻlimlarga ajratish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Endi bundan buyogʻiga gipsokarton panellarini qoʻpol tekislash, vaterpas bilan qayta-qayta tekshirish va qayta-qayta tuzatishlarga hojat yoʻq. “Tytan Professional” tomonidan professional tarzda ishlab chiqilgan ushbu oʻrnatish moslamalari bilan ikkita yonma-yon ulangan gipsokarton panelini bir-biriga moslashtirish bir daqiqadan kamroq vaqtni oladi. Bu an’anaviy tekislash va vertikal ogʻishlarni “shayton” asbobi yordamida tekshirish jarayoniga nisbatan oʻn barobar tezroqdir.
Ushbu moslamalar gipsokarton paneli ustiga juda osonlik bilan qadaladi va yonma-yon oʻrnatilayotgan panellar boʻylab ular orasida bir xil masofali oʻta mukammal oraliq hosil qilishni juda osonlashtiradi va natijada mukammal tekis qoplama vujudga keladi. Ushbu imkoniyat uylarni qurish va ta’mirlash vaqtidagi makonni gipsokarton yordamida boʻlimlarga ajratish jarayonida juda muhim, chunki mazkur jarayonda ishlov beriladigan sirt maydonlari odatda katta boʻlib, aniqlik va kuchli diqqat-e’tiborni talab etadi. Oʻrnatish moslamalari gipsokartondan ishlanadigan karkasli pardevorlarning yoki butun xona boʻlab devor qoplamalarining sathlarini mukammal tekislashga yordam beradi. “DRYNWALL SYSTEM”dagi oʻrnatish moslamalarini oʻzaro mukammal moslashtirish texnologiyasi nafaqat vertikal oʻrnatish, balki gorizontal yotqizish ishlarida ham panellarni toʻgʻri va xatosiz ulashga yordam beradi. Gipsokarton panellarini toʻgʻri joylashtirish uchun bir necha bor teginish va bosish kifoya qiladi, xolos.
“DRYWALL SYSTEM”da gipsokarton panellarini birlashtirish: oson bajariladigan va moslashuvchan birikmalar
Makonni gipskarton yordamida boʻlimlarga ajratish uchun moʻljallangan “DRYWALL SYSTEM” choklarni toʻldiruvchi professional qurilish kimyoviy moddalarini oʻz ichiga oladi. “Tytan Professional“ Gipsokarton choklarini toʻldiruvchi qorishma” ham suv bilan aralashtirishni yoki ishlatishdan oldingi alohida tayyorgarlikni talab qilmaydi. Mahsulot foydalanishga tayyor boʻlib, uning maxsus formulasi mikrotolalar bilan kuchaytirilgan va shu sabab elastiklikni yoʻqotmagan holda mahkam bogʻlanishni ta’minlaydi. Bu xususiyat choklarning yorilishi, notekisliklar yoki qiyshayish xavfini juda kamaytiradi, pardozlash ishlari esa uzoq muddat xizmat qilib beradi. “DRYWALL SYSTEM” oʻzi uchun moʻljallangan “Tytan Professional Drywall” akrilli qorishmasi bilan boyitilgan. Ushbu mahsulot ichki burchak choklarini qavariq qilib toʻldirish va germetizatsiyalash yoki gipsokarton qirralari bilan shift orasida qayishqoq birikma hosil qilish uchun moʻljallangan. Qorishma yuqori yopishqoqlik va egiluvchanlikka ega boʻlib, yorilishga qarshilik koʻrsatadi va shu bois gipsokarton panelining xatti-harakatini xavfsiz takrorlaydi. Akrilli qorishmaning elastiklik hossalari xatti-harakatlarga moslashuvchanlik koeffitsienti 15% boʻlgan odatiy akrilli qorishmalarnikiga qaraganda ikki baravar yaxshiroq.
“DRYWALL SYSTEM” qaysi ishlar uchun mos?
Har qanday qurilish yoki ta’mirlash ishlari uchun! Ushbu makonni gipsokarton yordamida boʻlimlarga ajratish universal tizimi, birinchi navbatda, professional foydalanuvchilar uchun moʻljallangan, ammo uy-joyni oʻz qoʻli bilan ta’mirlash va qayta tiklash ishlari uchun ham juda mos. “DRYWALL SYSTEM” tez ta’mirlash va qisqa vaqt talab qiladigan qayta tiklash loyihalari uchun ayni muddao. Bu ijaraga beriladigan xonadonlar, yotoqxonalar va mehmonxonalarni pardozlash va qayta pardozlash ishlari uchun juda qoʻl keladi; ichki pardozlash ishlarini qaytadan bajarish uchun yoki mashaqqatli suvoq ishlarini bajarmasdan turib devorlarni yangilab olish uchun faqat bir necha soatgina kerak boʻladi, xolos. Bu – qurilish sohasidagi soʻnggi tendensiyalarga mos keladigan haqiqiy innovatsiya.
“DRYWALL SYSTEM”ning afzalliklari
“Tytan Professional DRYWALL SYSTEM”ni qoʻllash afzalliklarining uchta kuchli tomoni bor.
Qisqa ishlov berish vaqti
Quyidagilar hisobiga ishlov berish vaqti qisqaradi va ish samaradorligi oshadi:
Tez qotish – yelim-koʻpiklar, birlashtiruvchi qorishmalar va akrilli qorishmalarning eng soʻnggi tez qotuvchi formulalari pardozlash ishlarini bajarish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Gipsokarton panellari yelim-koʻpik bilan yopishtirilgandan keyin 30 daqiqa oʻtib, choklarni toʻldirish uchun tayyor boʻladi, 2 soat oʻtgach esa, gipsokartonlar loyiha egasi tomonidan talab qilinadigan suvash, boʻyash yoki har qanday boshqa pardozlash ishlari uchun tayyor boʻladi. An’anaviy suvoq yelimlaridan farqli oʻlaroq, yelim-koʻpik gipsokarton panellari ostiga bir tomchi ham suv chiqarmaydi, vaholanki suvoq yelimlarining quruq qorishmasining bir qopiga 12 litrgacha texnologik suv talab qiladigan. Har bir pudratchi yaxshi biladiki, qoʻshilgan suvning ortiqchasi gipsokarton panellari ostidan chiqib ketishi/bugʻlanishi kerak; aks holda keyingi ish bosqichlari kerakli natijalarni bermasligi mumkin. Bundan ham yomoni shuki, gipsokarton panellari ostidagi namlik juda yuqori boʻlsa, atigi bir necha oydan keyin nuqsonlar (masalan, boʻyoq qatlamining koʻchib ketishi) kelib chiqishi mumkin. “DRYWALL SYSTEM” yechimlari boshqa brendlarning qurilish mahsulotlari bilan ishlov berishdan oldin talab etiladigan bir necha kunlik tanaffus bilan solishtirganda vaqtni sezilarli darajada tejaydi.
Tez oʻrnatish – yuqori sifatli koʻpik-yelim hamda oʻrnatish va toʻgʻrilash moslamalari toʻplami gipsokartonni toʻgʻri tekislash uchun talab etiladigan vaqtni minimalashtiradi. “Tytan Professional” koʻpik-yelimini bitta gipsokarton paneliga berib chiqish uchun taxminan 45 soniya kerak boʻladi (5 daqiqani talab qiladigan an’anaviy yelim qorishmalaridan farqli oʻlaroq), har ikkita yonma-yon panelni osgandan keyin bir daqiqadan kamroq vaqt ichida vertikal birlashtirish mumkin. Bu degan soʻz, bir soat ichida 20 tadan 30 tagacha panelni yoki 100 m2 gipsokarton qoplamasini oʻrnatish mumkin. Ish bir lahzada bajariladi va sezilarli foyda keltiradi. Keng qamrovli “DRYWALL SYSTEM” ishlov berish loyihalarining bir shaxs tomonidan amalga oshirilishiga imkon yaratib beradi. Bu vaqt va ishchi kuchining sezilarli darajada tejalishini anglatadi. Endi bittagina quruvchilar brigadasi gipsokarton bilan pardozlash ishlarini ancha koʻproq xonadonlar uchun bajarishri mumkin.
Ishlashning qulayligi
Bu afzallik quyidagilarga asoslanadi:
Ishlov berishda foydalaniladigan resurslarga bogʻlanmaganlik ‒ Agar “DRYWALL SYSTEM”ni tanlasangiz, qurilish maydonidagi elektr va suv ta’minoti tarmoqlariga ulanmaganlik haqida tashvishlanishingiz shart emas. Qurilish maydonining suv va elektr energiya tarmoqlariga ulanishini hali ham kutayotgan boʻlsangiz, gipsokarton panellarini ishonchli va mustahkam oʻrnatib, pardozlash ishlarini yakunlashingiz mumkin.
Ishlashning qulayligi ‒ “DRYWALL SYSTEM” bilan ishlash toza va changsiz ishlov berishni anglatadi. “Tytan Professional” yelim-koʻpigining bitta qutisida 12 ta kartrij boʻladi. Hatto tor yoki kirib borish qiyin boʻlgan joylarda ham yoki lift boʻlmagan baland qavatlarda ham ishlatish oson. An’anaviy quruq qorishmalarning ogʻirdan ogʻir qoplari bilan kurashishga solishtirganda juda katta afzallik (12 ta ballon 480 kg quruq yelim qorishshmasining oʻrnini bosadi).
Aniq ijro
Har bir qadamning aniqligi va puxtaligi keyingi bosqichdagi ishlarni osonlashtiradi va pardozlash ishlarining a’lo sifatini ta’minlaydi. Odatda, gipsokartonni aniq va xatosiz oʻrnatish ishlari pudratchilardan katta kuch, keng tajriba va yuqoridagi malakani talab qiladi, ammo “DRYWALL SYSTEM” ishlov berishda qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Innovatsion oʻrnatish va toʻgʻrilash moslamalari gipsokarton panelini keragidan ortiqcha yordamchilarsiz yoki asboblarsiz samarali va qulay tekislashga juda katta yordam beradi.
Gipsokarton qoplamasining mukammal tekis yuzasi (choklardagi nuqsonlardan xoli, mukammal tekislangan va choklari tekis toʻldirib chiqligan) kelgusidagi tuzatish va silliqlash ishlariga hojat qoldirmaydi.